Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bitim bor, puldan darak yo‘q: Muzrabotda tadbirkorlarga kompensatsiya to‘lash paysalga solinmoqda
Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani markazida «Obod markaz» dasturi asosida loyihalar amalga oshirilmoqda. 2019 yil yozida do‘konlari buzilgan tadbirkorlarga esa hanuzgacha kompensatsiya pullari to‘langani yo‘q – hokimlik bergan va'dasini vaqtida bajarmadi.
Ushbu tadbirkorlar ayni masala yuzasidan avval ham tahririyatimizga murojaat qilishgan edi. Biroq o‘tgan davr ichida ular bilan rasmiy bitim imzolanganidan bo‘lak ishda birorta siljish bo‘lmagan.
Murojaatchilarning aytishicha, ularning tuman markazida joylashgan do‘konlari tuman hokimi buyrug‘i bilan buzilgan, kompensatsiya puli esa hanuzgacha to‘lanmayapti.
Holbuki, tuman hokimligi tadbirkorlar bilan kompensatsiya to‘lash borasida bitim imzolab, muhrlab bergan.

Murojaatchilar do‘konlarni buzishda qo‘shni tumanlardan ichki ishlar xodimlari kelib, ularning qarshiligiga qaramasdan mavjud bino va inshootlarni buzib tashlashganini gapirib berishdi.
Tuman markazida «Obod markaz» dasturi asosida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirkorlarning buzilgan do‘konlari o‘rniga ko‘p qavatli turar joy binolari qurilmoqda.
Biz mazkur masala yuzasida tuman hokimi Erkin Alimov bilan telefon orqali gaplashdik.
Tuman hokimi muammodan xabari borligi, tadbirkorlarga albatta kompensatsiya pullari mahalliy budjet hisobidan to‘lab berilishi, ularning barchasi bilan bu borada bitim imzolanganini ta'kidladi.
Biroq, bitimda kompensatsiya mablag‘lari 2020 yilning fevral oyiga qadar tadbirkorlarga to‘lanishi belgilab qo‘yilgan esa-da, mana, mart kirib keldiki, hali va'da bajarilmagan.
Umid qilamizki, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida hokimlik va tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga kelgan bu muammo tez orada, boshqa ortga surilmasdan, o‘zaro imzolangan kelishuv bitimlari doirasida hal etiladi.
Shuhrat ShOKIRJONOV,
Kun.uz maxsus muxbiri.
Tavsiya etamiz
Sentyabrning o‘rtalari salqin, oyning uchinchi o‘n kunligi esa iliqroq o‘tishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 21:31 / 08.09.2025
Chiroyli avtoraqamlarni auksion orqali sotish amaliyoti bekor qilinadi
O‘zbekiston | 20:31 / 08.09.2025
Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha ikkinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 20:27 / 08.09.2025
Iqlim o‘zgarishi jahonda go‘sht narxlarini oshirmoqda
Iqtisodiyot | 14:56 / 08.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neuralink miyasiga chip o‘rnatilgan 12 nafar bemor haqida xabar berdi
Fan-texnika | 23:15
-
Rossiya Ukrainaning 6 ming kv km hududini berishni talab qilmoqda – Vens
Jahon | 22:51
-
iPhone 17 taqdimotidan keyin Apple aksiyalari narxi pasaydi
Biznes | 22:42
-
Pensiya yoshi oshirilishi, ta’limdagi yagona davlat imtihoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:35
Mavzuga oid

12:29 / 04.09.2025
Elektr va gaz uchun kompensatsiya olgan oilalar soni ko‘paydi

21:05 / 03.09.2025
“Assalomu alaykum” bo‘lmaguncha, ruxsat berishmaydi - tadbirkor qurilishdagi korrupsiya haqida

12:54 / 03.09.2025
Soliq qo‘mitasi 100 mln so‘m kompensatsiya haqidagi yolg‘on xabarlardan ogohlantirdi

09:55 / 22.08.2025