O‘zbekiston | 09:29 / 06.03.2020
8136
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Talimarjon-9 yangi ishlatish qudug‘idan sanoat miqyosidagi gaz oqimi olindi

Foto: EPSILON

Qatlamning mahsuldor qismidagi olib borilgan gorizontal burg‘ulash hamda GRP ishlari natijalariga ko‘ra, 5 mart kuni quduqning kunlik debiti 250 ming kub.m gazni tashkil etdi.

Quduq gorizontal qismida, 270 m uzunlikda olib borilgan burg‘ulash ishlari 4045 m chuqurlikda amalga oshirildi.

Qazib chiqarilayotgan mahsulotning hammasi aholining gazga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlash uchun ichki bozorga yuborilmoqda.

Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid