Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda dunyodagi eng qadimiy ehrom 90 yillik tanaffusdan keyin sayyohlar uchun ochildi
Misrda dunyoda saqlanib qolgan tosh binolardan eng qadimiysi – Joser pog‘onali ehromi 90 yillik tanaffusdan keyin sayyohlar tashrifi uchun ochildi.
Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
“Bu vazirlik tomonidan amalga oshirilgan eng muhim loyihalardan biri edi, chunki Joser ehromi dunyodagi eng qadimiy ehromdir”, deb aytgan Misrning qadimiyliklar ishlari bo‘yicha oliy kengashi bosh kotibi Mustafo Vaziriy.
Qohira yaqinidagi Sakkara qishlog‘ida joylashgan ehrom 14 yillik restavratsiyadan keyin ochildi. Ehromni tiklash ishlari 2006 yilda boshlangan, biroq 5 yil o‘tib Misrda inqilob boshlangach to‘xtatilgan hamda 2013 yil oxiridan yana davom ettirilgan. Majmua tarkibida fir'avn Joserning daxmasi ham bor. U 1930-yillarda xavfsizlik talablari sababli yopilgan va 90 yildan keyin yana tashriflar uchun ochildi.
1992 yilgi vayronkor zilzila vaqtida ehrom avvalgi barqarorligini yo‘qotgan, uning yuqori qismida katta darcha hosil bo‘lgan.
6 pog‘onali Joser ehromining yoshi 4,7 ming yilga yaqinni, balandligi 60 metrdan ko‘proqni tashkil qiladi. U Imxotepom ismli me'mor boshchiligida barpo etilgan.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026