Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin hokimiyat tepasida qolish uchun turli “sxema”lardan foydalanmasligini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ivanovo shahriga tashrifi vaqtida jamoatchilik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Putin uchrashuvda hokimiyat tepasida qolish uchun turli “sxema”lardan foydalanishni istamayotganini aytgan.
Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev
Putinning ta'kidlashicha, unga o‘z ishi yoqadi, biroq u bu ish uchun “mamlakat uchun nomaqbul yoki uni barbod qiluvchi biror sxemani amalga oshirmaydi”.
Rossiya rahbari mamlakatda boshqaruv shakli o‘zgarishi haqidagi savolga kuchli prezident hokimiyatidan voz kechish barqaror siyosiy partiyalar yo‘qligi hisobiga Rossiya uchun salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini aytgan. “Barchasi yomon bo‘ladi”, deb aytgan Putin. U bunga misol tariqasida siyosiy partiyalar borligiga qaramasdan parlament tizimida muammolar boshlangan Yevropani keltirgan. “Bizda esa qanday murakkab davlat! Biz uchun bu halokatlidir”, deb tushuntirgan Putin.
Rossiya prezidentining aytishicha, prezident bo‘lish – bu ish emas, balki qismatdir. Putin uning ishi olib borayotgan muloqotlaridan ham iboratligini aytgan. “Axir bundan charchash mumkinmi? Faqatgina zavq”, deb ta'kidlab o‘tgan Rossiya prezidenti. Putinning ta'kidlashicha, gap u “charchab, chetga o‘tmoqchiligi”da ham emas. Uning aytishicha, uning o‘rnida bo‘lgan istalgan odam Rossiya prezidenti lavozimini qismat deb qabul qilgan bo‘lardi.
Rossiya prezidenti suhbat davomida ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun odamlarga cheksiz minnatdorlik bildirgan. Uning aytishicha, qo‘llab-quvvatlovsiz, ayniqsa 2000-yillar boshida, “umuman ishlashning imkoni yo‘q”.
Mavzuga oid
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:05 / 24.01.2026
2025 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 30 foizga oshdi
12:52 / 24.01.2026