Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi - Prezident qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori matbuotda e'lon qilindi.
Prezident qarori bilan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, «O‘zdonmahsulot» AK va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlari bilan «O‘zdonmahsulot» AK tizimidagi korxonalar o‘rtasida 2020 yil hosilidan davlat xaridlari doirasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari miqdorini har bir g‘alla yetishtiruvchi uchun 25 foizga kamaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi joriy yil 10 mayga qadar jahon bozori va mintaqaviy birja narxlari hamda respublikada kutilayotgan hosilni inobatga olib, don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun 2020 yilda xarid qilinadigan g‘alla narxlarini belgilasin.
Prezident qarori bilan belgilanmoqdaki:
2020 yil hosilidan boshlab:
- davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
- ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan xarid qilinadigan bug‘doy mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha korxonalarning donni saqlash talablariga mos keladigan omborlar (sig‘imlar)ida shartnoma asosida saqlanadi;
2021 yil hosilidan boshlab:
- davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi;
- davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi hamda fermerlar va boshqa korxonalar tomonidan yetishtiriladigan g‘alla barcha iste'molchilarga, shu jumladan, donni qayta ishlovchi korxonalar, g‘allachilik klasterlari va treyderlarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar (fyuchers, forvard va boshqalar) asosida erkin narxlarda sotiladi;
- ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi don Jamg‘arma tomonidan fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi;
- don yetishtiruvchi xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta'minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi hamda 2021-2023 yillarda urug‘lik yetkazib berish bosqichma-bosqich Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urug‘chilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 mayga qadar:
- don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta'minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun xarid qilinadigan g‘alla hajmini hududlar kesimida aniqlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda g‘allani saqlash tartiblarini tasdiqlaydi;
- «O‘zdonmahsulot» AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020-2021 yillarda belgilangan tartibda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Mavzuga oid
07:38 / 16.11.2021
Qishloq xo‘jaligi yerlarini dronlar yordamida kuzatish yo‘lga qo‘yiladi
07:36 / 16.11.2021
Bozorlardagi mahsulotlar narxini onlayn kuzatish imkonini beruvchi platforma ishga tushiriladi
07:31 / 16.11.2021
«O‘zdonmahsulot» tugatiladi
07:28 / 16.11.2021