– Yaqin ötmişda, ya'ni bundan 30-40 yil ilgari yurtimizda geologik tadqiqotlar juda samarali olib borilar edi. Bunga, albatta, Özbekiston hududining geologik tadqiqotlar olib borişga qulay geografik şaroiti, geologik rivojlaniş bosqiçlariga taalluqli toğ jinslarini öz içiga olgan vulqon, metomorfik va çökindi yotqiziqlar oçilmalari, tektonik harakatlar natijasida tub jinslarning yer yuziga yaqin joylaşgan toğlar tizmalarini hosil qilişi va bu toğ tizmalarining ma'dan va noma'dan konlari boyligi sabab bölgan.

Misol uçun, sobiq ittifoq davrida jami qazib olinadigan oltinning uçdan bir qismi birgina Qizilqumdagi Muruntoğ konidan qazib olingan.

Şunday qilib, Özbekistonda geologlarning örganiş obekti bölgan foydali qazilmalarga boy toğlarning mavjudligi hamda hududdagi iqlimning yil davomida geologik tadqiqotlar olib borişga mosligi, ayniqsa yoz va kuz fasllarida ekologik toza meva-sabzavotlar tökin-soçinligi, butun sobiq ittifoq geologlari hamda sohaga oid olimlarni ohanrabo kabi tortgan. Natijada özbekistonlik geolog olimlar bilan samarali ilmiy-amaliy hamkorlik yölga qöyilgan.

Abdurazzoq Mirzayev şaxsiy fotoalbomidan

Albatta, hozirda bu tadqiqotlar hisobotlarining katta qismi sobiq ittifoq geologiya vazirligi fondlarida saqlanmoqda.

Öşa davrlarda nafaqat geolog amaliyotçilar, balki konçilar bilan ham geolog olimlar örtasida samarali hamkorlik qilinar edi. Masalan, X.M.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti olimlari, institut direktori Ibrohim Hamraboyev boşçiligida Muruntoğ koni Ilmiy-texnik kengaşi majlislariga taklif etilib, kondagi qazib oliş jarayonidagi geologik tadqiqotlar natijadorligini nazorat qilişar, tavsiyalar berişar edi.

NKMK tomonidan esa Muruntoğ posyolkasidan institut olimlariga tadqiqotlarni samarali olib borişlari uçun ikkita 6 xonali kottejlar dala ekspeditsiya poligoni taşkil etiş uçun ajratilgan edi. Bunday imkoniyatdan institut olimlari nafaqat NGMK obektlarida, balki butun Qizilqum hududini örganişdagi dala tadqiqotlarida foydalanişgan.

Konlardan ma'danlarni qazib oluvçi işlab çiqariş korxonalari mutaxassislari, geolog amaliyotçilar va geologiya sohasi olimlarining samarali hamkorligi natijasida «ustoz-şogird» an'analarining samarali mexanizmi sifatida, Özbekistonda geologiya sohasida bir qança ilmiy maktablar yaratilgan edi.

Afsuski, bugungi kunda uşbu maktablar samaradorligi juda past. Albatta bunga sabab, qariyb 25 yil davomida ilm-fanga e'tiborning pasayib ketganligi böldi.