Kamyob metallar bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalar ishlab chiqiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy ekspert va investorlar ishtirokida kamyob metallar bo‘yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini shakllantirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu yo‘nalishda loyiha ofisi tashkil etiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 aprel kuni geologiya va kon-metallurgiya sohalaridagi vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
“Mamlakatimizda geologiya sohasiga har yili 1 trillion so‘mdan mablag‘ ajratilib, manzilli dasturlar amalga oshirilmoqda. Natijada o‘tgan yili tog‘-kon sanoatida ishlab chiqarish hajmi qariyb 11 milliard dollarga yetdi. Lekin bu, asosan, qimmatbaho va rangli metallar yo‘nalishida bo‘lib, sanoat uchun muhim minerallar bo‘yicha foydalanilmagan juda katta zaxira mavjud. Xususan, yurtimizda 32 turdagi shunday qazilma boyliklari bor.
Shu bois 15 yanvar kuni o‘tgan taqdimotda davlatimiz rahbari bu yo‘nalishdagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Bugungi yig‘ilishda shu borada boshlangan ishlar, reja va takliflar ko‘rib chiqildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, jahonda elektromobil, “yashil” energetika, elektrotexnika sanoati uchun zarur kamyob metallarga talab ortib bormoqda. Shuning uchun so‘nggi yillarda molibden, tellur, selen, grafit narxlari keskin oshgan.
Davlat rahbari bu sohadagi ulkan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi. Sanoat uchun muhim minerallar xomashyosi hamda ularning turini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
“Hozirda yurtimizda 6 turdagi shunday mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga qo‘shimcha platina, indiy, vanadiy metallari hamda volfram, molibden, rux, marganets kabi minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olish imkoniyati bor. Masalan, avvallari o‘zimizda bo‘lmagan kukun metallurgiyasida yiliga 300 million dollarlik, uskunalar va butlovchi qismlar yo‘nalishida 100 million dollarlik qiymat yaratish mumkin.
Yaqinda Yevropa Ittifoqi bilan muhim minerallar bo‘yicha erishilgan kelishuv bu borada katta bozor ochadi”, – deyiladi xabarda.
Shulardan kelib chiqib, mutasaddilarga xorijiy ekspert va investorlar ishtirokida kamyob metallar bo‘yicha 500 million dollarlik istiqbolli loyihalar dasturini shakllantirish topshirildi. Bu yo‘nalishni ilm bilan rivojlantirish, shu maqsadda loyiha ofisi tashkil etib, yetakchi institut va ilmiy markazlarni jalb qilish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida qimmatbaho metallar zaxirasini ko‘paytirish rejalari ham ko‘rib chiqildi.
Mutasaddilar oltin zaxirasini va ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari haqida axborot berdi.
Shavkat Mirziyoyev kombinatda ishlab chiqarish tannarxini 10-15 foizga pasaytirish, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Qimmatbaho metallar sohasida Ilg‘or texnologiyalar ilmiy markazini tashkil qilish vazifasi qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
Jahon | 21:21
-
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:12
-
Ukraina hukumati AQSh bilan yer qa’ri bo‘yicha kelishuv loyihasining sizib chiqishini tekshiradi
Jahon | 21:08
-
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 20:26
Mavzuga oid

11:18 / 20.03.2025
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari tayinlandi

17:34 / 31.01.2025
Turkiya ostida yer qobig‘idagi ulkan yoriq topildi

22:28 / 02.12.2024
2025 yilda ko‘mir qazib olishni 10 million tonnaga yetkazish mo‘ljallanmoqda

18:30 / 06.10.2024