Everest toğining balandligi doimiy ravişda oşib bormoqda. Bunday xulosaga (.pdf) Pekindagi Xitoy geologiya universiteti olimlari keldi. Ular sayyoradagi eng baland toğ joylaşgan Himoloy toğ tizimida sodir bölayotgan jarayonlarning kompyuter modelini yaratdi.
Nature Geoscience jurnalida çop etilgan tadqiqot şuni körsatadiki, ösişning sababi - toğ daryolari özanining özgarişidir. Şu tufayli sönggi 89 ming yil içida toğ 15-50 m ga ösgan.
Olimlar taxminan 90 ming yil oldin Nepalning Himoloy toğlarini kesib ötuvçi eng yirik daryosi bölgan Arun özanida sezilarli özgarişlar sodir bölganini aniqladi. Natijada daryo Gangning eng yirik irmoqlaridan biri bölgan Kosi daryosi tizimiga qöşildi. Bu jarayon yuqorida qolgan kanallarning qurib qolişiga va eroziyasiga sabab böldi, çunki birlaşgan oqimlar köproq suv olib, köproq toş va çökindilarni harakatga keltiradi. Bu, öz navbatida, qöşni hududlarning, jumladan, toğlarning sirtini kötaradi.
Olimlar fikriga köra, Everest yiliga 0,16-0,53 mm ga «ösmoqda». Endi uning balandligi 8849 metrni taşkil qiladi. Şunga öxşaş jarayonlar qöşni Lhotsze va Makalu çöqqilariga ta’sir qiladi. Tadqiqotçilar ta’kidlaganidek, ösiş jarayoni çeksiz bölmaydi. «Bu daryo tizimi yangi muvozanat holatiga kelguniga qadar davom etadi», deb ta’kidladi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Jinggen Dai.

















