Jizzaxda YPX xodimini mashinasi kapotida «sayr qildirgan» haydovchiga hukm o‘qildi
Haydovchi kapoti ustida inspektor bo‘lgani holda «Neksiya» mashinasini 200 metrlar chamasi haydab borgan. U 1,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Shu yilning 23 yanvar kuni Jizzax shahrida kuzatilgan g‘ayritabiiy holat — mashinasi kapotida yo‘l patrul xizmati xodimini «sayr qildirgan» yigit ishi sudda ko‘rildi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatidan Kun.uz`ga ma'lum qilishlaricha, o‘sha kuni «Neksiya» rusumli avtoulov piyodalar o‘tish chizig‘ida to‘xtaydi. Bu holatni ko‘rib turgan YPX xodimi I.Normatov haydovchiga to‘xtash ishorasini beradi.
Ammo haydovchi juftakni rostlash harakatiga tushadi. Natijada u avtomashinani YPX xodimining ustiga haydab, qonun posbonini kapot ustida «sayr qildiradi». Shu holatda chamasi 200 metrlar yurgach, IIB xodimini yumshoqroq qilib aytganda, «tushirib qoldiradi».
Yiqilish oqibatida qonun posboni o‘ng oyoq boldir panja bo‘g‘imining lat yeyishi, boldir suyaklararo sindesmozi yirtilishi ko‘rinishida o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan.
Haydovchi esa voqea joyidan qochib qoladi.
Tabiiyki, qonunbuzar tezda topildi va hibsga olindi. U 1997 yilda Sharof Rashidov tumanida tug‘ilgan, Jizzax shahri «Ittifoq» mahallasida yashovchi B.Mamatqulov bo‘lib chiqdi.
Yigitcha avtoulovni ijara shartnomasi asosida boshqarib kelgan.
Olgan jarohati sababli YPX xodimi 1 oydan oshiq vaqt davomida sog‘lig‘ini tikladi.
Hodisa jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida ko‘rib chiqildi. Unda Yoshlar ittifoqi va xalq deputatlari mahalliy kengashi vakillari ayblanuvchiga yengil jazo berishni so‘radi. O‘z navbatida, B.Mamatqulov ham qilmishidan pushaymonligini bildirdi.
Sud yuz bergan hodisani hamda jarayon ishtirokchilarining ko‘rsatma va iltimosnomalarini o‘rganib, B.Mamatqulovga bir yarim yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat fevral oyida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ham ro‘y bergan edi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024