Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST vakili: «O‘zbekistonga koronavirus kirishi ehtimoli yuqori»
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lianne Kuppensning ta'kidlashicha, «O‘zbekistonga koronavirus kirishi ehtimoli yuqori».
Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Kuppensning ma'lum qilishicha, ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari aniqlanmagan.
“Virus yuqumli bo‘lgani va 6 ta qit'ani zararlagani sababli, u yaqin orada O‘zbekistonga kirib kelishi ehtimoli yuqori”, deb aytgan JSST vakili.
Shu bilan birga Kuppens o‘zbekistonliklarni ogoh bo‘lishga, biroq vahimaga tushmaslikka chaqirgan.
“Biz faol bo‘lishimiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan JSST vakili.
Kuppensning ta'kidlashicha, dunyodagi birorta davlat, hatto eng rivojlangani ham koronavirusga to‘liq tayyor bo‘la olmaydi. JSST bu borada O‘zbekistonga monitoring qilishda, kasallikni erta bosqichida aniqlashda, tashxis qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirishda, tibbiy muassasalarni izolyatsiya qilish va salohiyatini oshirishda yordam bermoqda.
Doktor Kuppensning fikricha, O‘zbekiston zarur choralarni ko‘rishi lozim va bu yo‘nalishda ishlar faol ravishda olib borilmoqda.
Kuppens O‘zbekiston JSSTning barcha tavsiyalariga amal qilayotganiga ishontirgan.
Mavzuga oid
18:29 / 03.07.2026
JSST hantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi
18:37 / 29.06.2026
Hantavirus epidemiyasi yakunlanish arafasida - JSST
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026