Tesla millionta elektromobil ishlab chiqargan dunyodagi ilk kompaniyaga aylandi
Tesla kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib millionta elektrokar ishlab chiqardi va shu bilan ekologik sof transport ishlab chiqarib bozorda “omon qolish” mumkinligini isbotladi.
Kompaniya rahbari Ilon Mask bu natija haqida ma'lum qilib, rekord sondagi elektrokar va uni yig‘gan jamoa suratini e'lon qildi. Kompaniyaning millioninchi mashinasi uning modellar qatoridagi 4-mashina - Model Y krossoveri bo‘ldi.
Tesla tarixi 12 yil avval boshlangan. O‘shandan beri AQSh kompaniyasi bir necha modellar ishlab chiqdi. Ulardan oxirgisi futuristik dizayndagi Cybertruck yo‘ltanlamasi hisoblanadi. Kompaniya o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini doimiy ravishda kengaytirib boradi va 2019 yilda navbatdagi savdolar rekordini o‘rnatdi.
Tesla’ning ilk modeli – Roadster kam seriyali bo‘lib, 2008 yildan 2012 yilgacha ushbu modeldan bor-yo‘g‘i 2450 dona ishlab chiqarilgan. O‘shandan keyin kompaniya modellar qatori 4 modelgacha kengaytirildi: Model X krossoveri, Model 3 sedani va Model Y modeli. Bulardan oxirgisi Model Y mijozlarga yaqindagina yetkazib berila boshlangan.
Ayni vaqtda kompaniyaning AQSh, Niderlandiya va Shanhayda zavodlari bor bo‘lib, yaqinda ularga Berlindagi korxona ham qo‘shiladi. Shundan keyin kompaniyaning barcha korxonalari ishlab chiqarish quvvati yiliga bir million dona mashinadan oshadi. Yaqin oylarda 2-avloddagi Tesla Roadster’ning seriyali versiyasi taqdim qilinishi rejalashtirilgan va u yangi turdagi akkumulyatorga ega ilk model bo‘ladi. Shuningdek, Cybertruck pikapi va Semi yuk mashinalarining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
23:39 / 08.11.2024
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
10:57 / 07.11.2024
AQShda dunyodagi eng tezkor politsiya mashinasi taqdim etildi
23:09 / 24.10.2024
Tesla aksiyalari ijobiy prognozlar fonida 20 foizga qimmatlashdi
23:57 / 18.10.2024