AQSh energiya ishlab chiqaruvchilar alyansi Moskva va Ar-Riyodni neft bozorida «to‘xtatib qo‘yishi» mumkinligini ma'lum qildi
Alyans ijroiya kengashi a'zosi Harold Hammning Moskva va Ar-Riyod bozorni neft bilan to‘ldirib, amerikalik ishlab chiqaruvchilarga «hujum qilmoqda».
Amerika energiya ishlab chiqaruvchilar alyansi Rossiya, Saudiya Arabistoni yoki boshqa davlatlar neft bozorida demping bilan shug‘ullangan yoki shug‘ullanmaganligini aniqlash uchun surishtiruv olib bormoqda. Bu haqda alyans ijroiya kengashi a'zosi Harold Hamm Fox Business nashriga bergan intervyusida aytdi.
Uning fikricha, Moskva va Ar-Riyod bozorni neft bilan to‘ldirib, amerikalik ishlab chiqaruvchilarga "hujum qilmoqda".
"Ular ushbu sohaga e'tibor qaratish va uni shipshiydam qilish uchun koronavirus pandemiyasidan foydalanmoqda. Ularni to‘xtata olamizmi? Albatta to‘xtata olamiz", - dedi Hamm va AQSh bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun surishtiruv olib borayotganini qayd etdi.
O‘tgan haftada OPeK+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish borasida kelishuvga erisha olmadi. Moskva neft qazib olishni qisqartirishga rozi bo‘lmadi. Natijada 1 apreldan avvalgi bitim o‘z kuchini yo‘qotadigan bo‘ldi.
Yakshanba kuni esa Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini oshirishi va neft narxini tushirishi xabar qilindi. Blumberg agentligi Saudiya Arabistoni ortidan Iroq va Kuvayt ham apreldan xaridorlarga neft uchun chegirma bermoqchiligi haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
15:07 / 07.02.2022
Yevropada Rossiya nefti narxi rekord darajada qimmatladi
12:18 / 19.01.2022
Neft 2014 yildan buyon maksimal darajada qimmatladi
15:37 / 08.03.2021
Saudiya Arabistonidagi neft zavodiga hujumdan so‘ng Brent nefti narxi 70 dollardan oshdi
17:30 / 11.11.2020