300dan ortiq o‘zbekistonliklar xorijdagi moliyaviy piramida qurboni bo‘lgani aytilmoqda
Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, kompaniya moliyaviy piramida tashkil etib, firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan va mablag‘lar to‘planganida xakerlik hujumini "uyushtirgan" hamda o‘z investorlarining pullarini o‘g‘irlagan.
uznews.uz tahririyatiga Unity Inc. Ltd loyihasidan aziyat chekkan fuqaro murojaat qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya fuqarolarning Bitcoin kriptovalutasidagi investitsiyalarini jalb qilgan. Unity Inc. Ltd loyihasiga sarmoya kiritgan o‘zbekistonliklarning umumiy soni 300 kishidan ortiq.
Buyuk Britaniyadagi korxonalarning davlat reyestridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya o‘z mijozlariga investitsion paketlarni taklif etadi. Minimal paketning narxi 220 dan 3500 dollargacha (kunlik daromad 0,5 foizdan 1 foizgacha), maksimal paketning narxi 31000 dan 90000 dollargacha (kunlik daromad taxminan 1,5%). Kompaniyaning ma'lumot berishicha, qo‘yilgan mablag‘lar sun'iy ongdan foydalangan holda birja savdolariga yo‘naltiriladi.
Shuningdek, kompaniyaning jalb qilingan ishtirokchilar aylanmasidan foizlar taklif qiluvchi referal tizimi ham mavjud. Hamkorlik dasturi ishtirokchisiga aylanish uchun ishtirokchi kamida 1000 dollar investitsiya kiritishi kerak.
2019 yil 12 dekabrda kompaniya veb-sayti buzilgani va mablag‘larning 43,5 foizi o‘g‘irlangani hamda 7 dekabr kungi hujumda 87 foiz foydalanuvchining akkaunti zarar ko‘rgani haqida e'lon qildi. 2020 yil 9 yanvarda esa kompaniya investitsiya qabul qilishni to‘xtatgani va hujum bilan bog‘liq muammolarni hal etayotgani to‘g‘risidagi xabar chop etildi.
Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, kompaniya moliyaviy piramida tashkil etib, firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan va mablag‘lar to‘planganida xakerlik hujumini "uyushtirgan" hamda o‘z investorlarining pullarini o‘g‘irlagan.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu holat bo‘yicha jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ham murojaat kelib tushgan va hozirda tergovgacha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ushbu guruh faoliyatidan jabrlangan fuqarolar huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
21:14 / 22.10.2024
Kun.uz ogohlantirgan Whats platformasi moliyaviy piramida ekanligi tasdiqlandi: IIV jinoyat ishi qo‘zg‘agan
17:08 / 24.09.2024
Moliyaviy piramida targ‘ibotiga yo‘l qo‘ygan maktab direktori va bog‘cha mudirasi ishdan olindi
17:56 / 21.09.2024
Moliyaviy piramida uslubidagi firibgarlar davlat bog‘chalarida targ‘ibot boshladi
14:00 / 15.09.2024