O‘zbekiston | 13:08 / 13.03.2020
16336
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim abituriyentlar ijodiy imtihon bilan birgalikda majburiy uchta fandan test topshiradi

Davlat test markazi pedagoglik sohasini tanlaydigan abituriyentlarga muhim ma'lumot bilan chiqdi

Foto: KUN.UZ

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan pedagogika ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha test sinovlari topshirish tartibi joriy qilinadi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, bu pedagogik faoliyatda umumta'lim fanlari muhim o‘rin tutishini inobatga olgan holda amalga oshirilmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birgalikda majburiy uchta fanlar bo‘yicha test sinovlari topshiriladigan ta'lim yo‘nalishlari:

5111100 – Musiqa ta'limi.
5110800 – Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi.
5112000 – Jismoniy madaniyat.
5112300 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta'limda jismoniy tarbiya va sport.

Bildirilishicha, majburiy uchta fan bo‘yicha test sinovlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari e'lon qilinganidan so‘ng o‘tkaziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid