Jahon | 20:27 / 14.03.2020
5270
2 daqiqa o‘qiladi

BAA 17 martdan diplomatik pasport egalaridan boshqa barchaga viza berishni to‘xtatadi

Avvalroq Ummon 30 kunga turistik vizalar berishni to‘xtatgani, Kuvaytga mamlakat fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlaridan boshqa shaxslarning kirishi taqiqlangani xabar qilingandi.

Foto: Reuters

Birlashgan Arab Amirliklari 17 martdan boshlab diplomatik pasport egalaridan tashqari barchaga viza berishni to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat ro‘yxatdan o‘tkazish va fuqarolik bo‘yicha federal boshqarmasi xabar berdi.

"BAA ehtiyot chorasi va JSSTning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalari doirasida 17 martdan diplomatik pasport egalaridan boshqa barcha uchun har qanday turdagi vizalar berishni to‘xtatadi", - deb xabar beradi Amirlik yangiliklar agentligi.

Qaror chiqquniga qadar viza olishga ulgurgan shaxslarga mazkur qaror taalluqli bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, koronavirus keng miqyosda tarqalgan mamlakatlarda odamlarda mamlakatni tark etishidan oldin kasallikni aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yilmaguniga qadar ushbu qaror amalda bo‘ladi.

Avvalroq Ummon 30 kunga turistik vizalar berishni to‘xtatgani, Kuvaytga mamlakat fuqarolari va ularning yaqin qarindoshlaridan boshqa shaxslarning kirishi taqiqlangani xabar qilingandi.

Shunindek, O‘zbekiston uchta davlat bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi, 6 ta davlat fuqarolarining kirishi taqiqlandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid