Jahon | 20:38 / 14.03.2020
55396
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: nega Koreyada o‘lim ko‘rsatkichi past, Italiyada baland?

SARS-CoV-2 virusi, COVID-19 kasalligi yoki qisqacha aytganda koronavirus dunyo mamlakatlarini birin-ketin zabt etmoqda. Quvonarli jihati - dastlabki o‘choqlarda tarqalish tezligi pasaygani, sog‘ayish ko‘rsatkichlari oshgani bo‘lsa, hadikli tomoni - virus tez mutatsiyaga uchrayapti va yangi shakllarga kiryapti.

Foto: Anadolu

Tahririyat elektron pochtasiga Botir ismli mushtariydan quyidagi mazmundagi maktub kelib tushdi: “Assalomu alaykum! Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlarga nisbatan o‘lim holati 0,7 foiz, ya'ni 1 foizga ham yetmaydi. Boshqa mamlakatlarda 3,6 foizdan 5 foizgacha. Janubiy Koreya bunga qanday erishyapti? Shuni batafsil o‘rganib, shu haqda maqola chiqarsalaringiz. Oldindan rahmat”.

Chindan ham koronavirus hozir butun dunyo olimlarining diqqat markazida va uzluksiz o‘rganilmoqda. Shu paytga qadar olimlar tomonidan koronavirusning 103ta tadqiq etilgan shtammida 149ta mutatsiyasi aniqlangan.  

Ma'lum bo‘lishicha, ayni paytda bu virus ikki xil tip(podtip)ga bo‘lingan. L – nisbatan tajovuzkor, og‘ir asoratlarga olib keluvchi va eng ko‘p zarar keltirayotgan podtip. Aynan shu tipi Xitoyning Uxan shahrida dastlab katta infeksion o‘choq yaratgan. Va ikkinchi S tipi – zarari nisbatan kamroq va og‘ir asoratlar kamroq kuzatiladi.

Aynan Osiyo qit'asi hududida, xususan Xitoy va Janubiy Koreyada ikkinchi podtipdagi virus ko‘proq tarqalgan. Italiyada esa L podtipi ko‘proq tarqalmoqda.

Demak, bu yerda tibbiyotning darajasi yoki ma'lum qit'a vakillari organizmining o‘ziga xosligi rol o‘ynamaydi.

Mixail Favorov

Bu borada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan uyushtirilgan matbuot anjumaniga tashrif buyurgan AQSh Mikrobiologiya jamiyati a'zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Favorov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tgandi.

Quyidagi videolavhada olimning ayni shu savolga javobi bilan tanishishingiz mumkin.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid