Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston MDHning yana bir tuzilmasida to‘laqonli ishtirok etadigan bo‘ldi
O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining sanoat xavfsizligi Kengashiga a'zo bo‘ldi. Qirg‘iziston hukumati O‘zbekistonning ushbu tuzilmaga qo‘shilishini a'zo davlatlar orasida so‘nggi bo‘lib tasdiqlashi ortidan, rasmiy Toshkent mazkur kengash ishida rasman a'zo sifatida ishtirok eta boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari Sanoat xavfsizligi kengashining to‘laqonli a'zosi bo‘ldi. 2020 yil 6 fevral kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi MDH Ijroiya qo‘mitasiga yo‘llagan maktubida, rasmiy Bishkek O‘zbekiston Respublikasining MDH davlat rahbarlari Kengashining 2001 yil 28 sentyabrdagi “MDHga a'zo davlatlar Sanoat xavfsizligi bo‘yicha vakolatli organ rahbarlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi (MSPB SNG) to‘g‘risida”gi Moskva kelishuviga qo‘shilishiga roziligini bildirgan.

Shu bilan, MDH Ijroiya qo‘mitasining ma'lum qilishicha, O‘zbekistonning mazkur tuzilmaga qo‘shilish jarayoni muvaffaqiyatli poyoniga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi prezident qaroriga muvofiq, mazkur xalqaro hujjatlarga qo‘shilib, O‘zbekiston nomidan ish yuritishda mas'uliyatli idora hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarining sanoat xavfsizligi kengashiga tarmoqlararo hamkorlik organi bo‘lib xavfli ishlab chiqarish obektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya hamda baxsiz hodisalarning oldini olish harakatlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi. Unga O‘zbekiston, Armaniston, Ozarboyjon, Belarus, Moldova, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ukraina davlatlarining maxsus vakolatli organlari rahbarlari kiradi.
Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
08:43 / 11.06.2026