Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yana bir universitet filiali tashkil etiladi
Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda
Toshkent davlat agrar universitetini 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, respublika hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalar hamda yoshlarni oliy ta'lim qamrovini oshirish maqsadida “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali”ni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Bunda Samarqand filialida tashkil etiladigan ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv-uslubiy ta'minotini yaratish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan Filial faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan to‘ldirish nazarda tutilgan.
Mas'ul ijrochilar - prorektorlar (S.Islomov, K.Sultonov, I.Isroilov, A.Abduvosiqov, Sh.Sattorov).
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026