Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘chalar vaqtincha ishlamaydi. Ishlovchi ota-onalar qanday yo‘l tutadi?
Karantin sababli bog‘chaga bormaydigan bolaning tashkilotda ishlovchi qarovchisiga 14 kungacha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi mumkin.

Ma'lumki, 16 martdan boshlab O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar, maktablar va oliy ta'lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga yopiladi.
Shu munosabat bilan tahririyatga aynan maktabgacha ta'lim muassasalarining karantinga yopilishi sabab, korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi bog‘cha yoshidagi bolalari bor ota-onalarning bolaga qarash uchun ishga bora olmasligiga oid savollar kelib tushmoqda.
Darhaqiqat, bog‘chalarning vaqtincha ishlamasligi bolalarga uy sharoitida qarovni tashkil etishni talab qiladi. Bunday vaziyatda bog‘chaga boruvchi bolalarning qarovchilari qanday yo‘l tutmog‘i lozim?
Adliya vazirligida 2015 yil 17 aprel kuni 2667-son bilan ro‘yxatga olingan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 37-bandida maktabgacha ta'lim muassasasida yoki olti yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a'zosiga sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan karantin belgilangan, lekin o‘n to‘rt kalendar kunidan oshmagan muddatga mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishi nazarda tutilgan.
Mazkur yo‘riqnoma talabiga ko‘ra, karantinda mehnatga layoqatsizlik varaqasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi va sog‘liqni saqlash boshqarmalarining ruxsati asosida epidemiolog yoki sanitar vrach tomonidan berilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada taniqli siyosatshunos Yekaterina Shulman sirtdan hibsga olindi
Jahon | 10:28
-
Germaniyada poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor
Jahon | 10:23
-
O‘zbekiston-Vengriya maxsus industrial zonasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:16
-
Rossiya Markaziy banki ketma-ket ikkinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 10:01
Mavzuga oid

21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi

12:20 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi

17:18 / 05.07.2025
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi tarqaldi

16:47 / 02.07.2025