Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda kinoteatrlar vaqtincha yopiladi
O‘zbekistonda hududida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatdagi barcha kinoteatrlar faoliyati vaqtincha to‘xtatib turiladi. «O‘zbekkino» Milliy agentligi fuqarolarga filmlar tomosha qilishning muqobil yo‘llarini taklif qildi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan COVID-19 kasalligining oldini olish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarga ko‘ra, «O‘zbekkino» Milliy agentligi mamlakatdagi barcha kinoteatrlarning faoliyatini to‘xtatadi.
Milliy agentlik davlat va nodavlat telekanallari orqali kinoteatrlarda namoyish etiladigan hujjatli, badiiy va animatsion filmlarni teledasturlar efir jadvaliga kiritish loyihasini ishlab chiqmoqda.
Loyihaga ko‘ra, «O‘zbekkino» tomonidan davlat va nodavlat telekanallariga televizion namoyish qilish uchun badiiy, hujjatli, multiplakatsion filmlar va boshqa kino mahsulotlarini beg‘araz asosda yetkazib berish uchun maxsus paketi shakllantirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusning ilk holati qayd etildi – 11 martda Parijdan uchib kelgan shifokor ayolning qonida virus aniqlandi. U bilan kontaktda bo‘lgan 150ga yaqin kishi izolyatsiya qilingan.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025