Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha ma'lumot beruvchi maxsus koll-markaz ishga tushadi
16 martdan O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha ma'lumot beruvchi maxsus koll-markaz ishga tushadi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ma'lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, koll-markaz “1003” raqami bilan faoliyat olib boradi. Fuqarolar koll-markazga ushbu kasallik bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq Alisher Shodmonov xorijiy mamlakatlardan charter reyslarda O‘zbekistonga olib kelinadigan fuqarolar Toshkent viloyatidagi sanatoriylarga joylashtirilishini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 15 mart kuni «Parij-Toshkent» reysi orqali uchib kelgan o‘zbekistonlik yo‘lovchida koronavirus aniqlangani xabar qilindi. Ma'lum qilinishicha, u 11 mart kuni uchib kelgan bo‘lib, aeroportda o‘tkazilgan birlamchi tekshiruvda bemorda kasallikning hech qanday alomati aniqlanmagan. Keyinchalik, dastlabki simptomlar paydo bo‘lgach, bemorning o‘zi 14 mart oqshomida Virusologiya instituti laboratoriyasiga murojaat qilib, qon tahlillari topshirgan. Shundan so‘ng zudlik bilan karantinga olingan.