Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV: O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga kirish taqiqlanmagan
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatimizdagi boshqa davlatlar fuqarolariga murojaat qildi.
«Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmaydi. O‘zbekiston hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.
Shu bilan birga, davlatdan tashqariga chiqish bo‘yicha vaqtincha taqiq O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lib, hozirda mamlakatimizda bo‘lib turgan xorijiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi», deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan avvalroq 16 martdan O‘zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatilishi, O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlanishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:38 / 12.03.2026
Tashqi ishlar vazirligida Ko‘rfaz arab davlatlari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.03.2026
Yaqin Sharq davlatlaridan 19 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
13:45 / 06.03.2026
Xorijdagi fuqarolarga yordam berish uchun maxsus bot ishga tushdi
18:49 / 04.03.2026