Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlanadi
Donald Tramp koronavirusga qarshi kurashish uchun sakkiz milliard dollardan ortiqroq pul ajratgan. Undan uch milliardi vaksina ishlab chiqishga sarflanadi.
Vashingtonda klinik sinovlar doirasida ilk ishtirokchi koronavirusga qarshi ehtimoliy vaksinaning sinov dozasi bilan emlanadi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Associated Press xabar berdi.
Sietldagi the Kaiser Permanente Washington Health Research Institute tadqiqot markazida o‘tkaziladigan sinovlarda 45 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. Loyihani Sietldagi The National Institutes of Health moliyalashtirgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusga test topshirgani xabar qilingandi.
Tramp koronavirusga qarshi kurashish uchun sakkiz milliard dollardan ortiqroq pul ajratgan. Undan uch milliardi vaksina ishlab chiqishga sarflanadi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda 3,7 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 65 kishi vafot etgan, 9 kishi sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026