O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 8 nafarga yetdi
O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori bo‘lgan ayolning qarindoshlaridan birida va 14 mart kuni Londondan Toshkentga kelgan bir o‘zbekistonlikda koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.

Foto: Anadolu Ajansi
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan o‘zbekistonliklar soni 8 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus yuqishi bilan bog‘liq yana ikki holat haqida xabar berdi.
«Shu yilning 15 mart kuni Virusologiya ilmiy tekshirish instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida, shuningdek, uning o‘g‘li va qizi, turmush o‘rtog‘i va nabirasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganini xabar qilgan edik.
Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan qarindoshida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.
Bundan tashqari, joriy yilning 14 mart kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasiga qarashli London–Toshkent yo‘nalishidagi 201-reys bilan kelgan yurtimiz fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatilgan. Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan ilk bemor 15 mart kuni aniqlandi, u 11 mart kuni Fransiyadan kelgan o‘zbekistonlik ayol bo‘ldi. Kun oxiriga borib uning o‘g‘li va qiziga ham virus yuqqani tasdiqlandi. Shuningdek, 15 mart kuni soat 05:15da Istanbul—Toshkent yo‘nalishidagi 274- reys bilan Toshkentga kelgan yana bir O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
16 mart kuni Parijdan kelgan ayolning oila a'zolaridan yana ikki nafarida virus aniqlandi - uning turmush o‘rtog‘iga va nabirasiga koronavirus yuqqan.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoning 130dan ortiq mamlakatida jami 174 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, ularning 78 mingga yaqini sog‘ayib ketgan, qurbonlar soni 6685 nafar.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021