23:56 / 16.03.2020
19370

Tibbiy niqoblar qimmatlashganining sababi tushuntirildi

Tibbiy niqoblar ishlab chiqaruvchi korxona xodimasi Xurshida Axmedova 2020 yilning individual himoya vositasi – tibbiy niqoblar narxi oshishining sababini tushuntirdi.

Foto: RIA Novosti

“2020 yilda koronavirus sababli tibbiy niqoblarga talab keskin oshib ketdi va biz hamyurtlarimizdan yuzaga kelgan vaziyatga tushunish bilan munosabatda bo‘lishni so‘raymiz. Korxonamizning ishlab chiqarish quvvati kuniga 60 ming niqobni tashkil qiladi. Bugun biz Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatiga niqoblar jo‘natdik”, deb ta'kidlab o‘tgan Xurshida Axmedova.

Uning ta'kidlashicha, tibbiy niqoblar narxining oshishiga ularni ishlab chiqarishda qo‘llanadigan xomashyo qimmatlashgani sabab hisoblanadi.

“Xomashyo qimmatlashgani sababli narxni oshirishimizga to‘g‘ri kelmoqda”, deb tushuntirgan korxona xodimasi.

Axmedovaning qo‘shimcha qilishicha, iste'molchilar O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi niqoblarning sifatiga shubha qilmasalar bo‘ladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top