O‘zbekiston | 19:00 / 17.03.2020
6312
2 daqiqa o‘qiladi

Avtobus va bozorlar doimiy dezinfeksiya qilinmoqda – Bahrom Almatov

Avtobuslarda va ularning oxirgi to‘xtash bekatlarida, savdo komplekslarida shu korxona xodimlari tomonidan dezinfeksiya tadbirlarini amalga oshirish tavsiya qilingan va ular nazoratga olingan.

Davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi rahbari Bahrom Almatovning ma'lumot berishicha, O‘zbekistonda 100dan ortiq dezinfeksiyalovchi vosita turlari ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning barchasi ishlatilishiga ruxsat berilgan.

«Bozorlarda odamlar kamaygan paytda dezinfeksiya ishlari tashkil qilinmoqda. Virusning tashqi muhitda yashovchanligi juda pastligini hisobga olsak, profilaktika sifatida qilinayotgan dezinfeksiyaning samarasi yuqori.

Ayniqsa, avtobuslarda va ularning oxirgi to‘xtash bekatlarida, savdo komplekslarida shu korxona xodimlari tomonidan dezinfeksiya tadbirlarini amalga oshirish tavsiya qilingan va ular nazoratga olingan», deya ma'lumot berdi Bahrom Almatov.  

Bundan tashqari, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekovning qo‘shimcha qilishicha, dezinfeksiya qilishda dezinfeksion vositaning ma'lum muhitdagi konsentratsiyasiga muhim e'tibor beriladi. Ochiq havoda esa dezinfiksion tadbir o‘tkazish imkoni yo‘q.

«Buni inobatga olgan holda hozir aynan namlik usuli bilan ishlov berib, virusning bir odamdan ikkinchi odamga o‘tishini cheklashga harakat qilyapmiz», deya qayd etdi u.

Mavzuga oid