Prezident “Agrar va oziq-ovqat sohalarini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan Özbekiston içki işlar vazirining örinbosari - Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boş boşqarmasi boşliği, Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vazirining, Toşkent şahar va Toşkent viloyati içki işlar boş boşqarmalari, viloyatlar içki işlar boşqarmalari boşliqlarining örinbosari - Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boşqarmasi boşliği lavozimlari tugatildi.

Özbekiston Içki işlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boş boşqarmasi vazirlik Moliya va moddiy-texnika ta'minoti departamenti etib qayta taşkil etildi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga köra:

Boş vazir örinbosariga budjet va budjetdan taşqari jamğarmalar hisobidan qişloq va suv xöjaligi sohasiga ajratilib, ulardan foydalanişdan tejaladigan mablağlarni qayta taqsimlaş huquqi beriladi;

tuman va şahar hokimlariga öz hududida joylaşgan qişloq xöjaligi ekin maydonlaridagi haqiqiy ahvolni örganiş maqsadida Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi yoki uning hududiy boşqarmalariga uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalaniş böyiça buyurtma beriş vakolati beriladi.

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi:

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda qişloq xöjaligi yerlarining monitoringi samaradorligini oşiriş, ularning özboşimçalik bilan egallanişining oldini oliş maqsadida kosmosuratlar bilan işlaş, ularni deşifrovka qiliş va Milliy geoaxborot tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanişni yölga qöyadi;

Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda qişloq xöjaligiga oid ma'lumotlar bazasini Milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qiladi hamda yer va suv resurslari böyiça uzluksiz ma'lumotlar almaşinuvini ta'minlaydi;

uçuvçisiz uçiş apparatlarini boşqaruvçi sertifikatlangan pilotlarni 2020 yil yakuniga kadar 100 nafarga, 2021 yil yakuniga qadar 200 nafarga yetkaziş çoralarini köradi;

uçuvçisiz uçiş apparatlari har bir tuman va şaharda işlatilişini inobatga olgan holda, ularning samaradorligini oşiruvçi dasturiy ta'minotlarni joriy etiş, şuningdek, uçiş xarajatlarini kamaytiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.