Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan "Buxoroda biznes qiling" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Iqtisodiy tadbir Buxoro viloyati hokimligi va Xitoyning Dongguan Private Enterprise Investment Chamber of Commerce uyushmasi bilan birgalikda tashkil etildi.
Uyushma raisi Chjan Jin mahalliy korxonalar tomonidan xorij davlatlarda loyihalarni amalga oshirishga qiziqish borligini, shu sababli, O‘zbekiston investitsiyalar kiritish uchun jozibador joy sifatida ko‘rilayotganini ta’kidladi.
Xitoy tomoni mamlakatda oziq-ovqat, ichimliklar, asbob-uskunalar va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, AKT va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilish masalalarini ko‘rib chiqish hamda Uyushmaga a’zo korxonalar orasida tegishli targ‘ibot ishlarini olib borishga tayyorligini bildirdi.
Tadbir davomida, Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Rizo Asadov va Peshku tumani hokimi Vahobjon Qahhorov tomonidan hududning salohiyati, biznes uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda istiqbolli investitsiyaviy loyihalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdilar.
Uchrashuv yakunida Uyushma va unga a’zo korxonalar vakillaridan iborat delegatsiyaning joriy yil dekabr oyida Buxoro viloyatiga biznes missiyasini tashkil qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda

21:15 / 09.04.2025
AQSh qashshoq mamlakatlar uchun ilgari yopilgan bir nechta oziq-ovqat dasturlarini tiklaydi

17:43 / 04.04.2025