Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining ayrim moddalariga özgartirişlar va qöşimça kiritildi.
Qonun bilan bilan ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi şaxslarga nisbatan ta’sir çoralarini kuçaytirişni, şuningdek içki işlar organlari probatsiya bölinmalari xodimlarining vakolatlarini kengaytirişni nazarda tutuvçi özgartirişlar va qöşimça kiritildi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 248-moddasi törtinçi qismiga qöşimça va özgartiriş kiritiş orqali içki işlar organlarining 185-2- (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolarni olib yuriş) va 187-moddalari (jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qiliş) böyiça probatsiya nazoratidagi şaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisida bayonnoma tuziş vakolatini probatsiya xizmatining katta inspektori va inspektoriga beriş normasi belgilandi.












