Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirus davrida aholi bandligini ta'minlash uchun 700 mlrd so‘m ajratiladi
O‘zbekistonda koronavirus tufayli yuzaga kelgan sharoitda ishsizlikka qarshi kurashish uchun 200 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.
Yig‘ilishda aholini ijtimoiy himoyalash masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Karantinga yopilgan muassasalar xodimlari, karantindagi fuqarolar va ularga qarovchilarning huquqlarini ta'minlash, ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonini kamida 10 foizga yoki 60 mingtaga oshirish bo‘yicha vazifalar qo‘yilgan.
Karantindagi farzandlariga qarayotgan ota-onalarni ishdan bo‘shatishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yuz foiz to‘lab beriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablari faoliyati to‘xtab turgan davrda tarbiyalanuvchilar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga yillik mehnat ta'tilidan foydalanishning yillik rejasidan qat'i nazar yillik mehnat ta'tili taqdim etiladi.
Iqtisodiy faollik pasaygan paytda aholi bandligi masalasi alohida e'tibor talab etadi. Shu bois Inqirozga qarshi jamg‘armadan Jamoat ishlari jamg‘armasiga qo‘shimcha 200 milliard so‘m ajratiladi. Ushbu mablag‘lar odamlarni ish bilan ta'minlash, buning uchun mahallalarda qo‘shimcha infratuzilma obektlari qurishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasiga 500 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ berilib, ish o‘rinlari yaratadigan biznes sub'yektlarga ko‘maklashiladi.
Ushbu chora-tadbirlarni sifatli bajarish maqsadida Bosh vazir rahbarligida Inqirozga qarshi respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi. Ushbu komissiya 22 martdan boshlab ikki oy davomida har bir tuman va shaharda koronavirusga qarshi kurashish, sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdo, transport, logistika va boshqa korxonalarni barqaror ishlatish masalalarini hal qilib boradi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025