23 martdan to‘y o‘tkazish taqiqlandi. Umumiy ovqatlanish joylari ham yopilmoqda
O‘zbekistonda 23 martdan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Bosh vazir matbuot xizmatidagi manba Kun.uz’ga xabar berishicha, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishi oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisida shunday qaror qabul qilingan.

Foto: toylarmuborak.uz
«Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va respublika bo‘ylab kasallikni tarqalishini oldini olish maqsadida, shuningdek majlisda ko‘rilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 21 martdan e'tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko‘ngilochar obektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatiladi.
Shuningdek, 23 martdan boshlab «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq mamlakat fuqarolarini sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi», deyiladi ma'lumotda.
Majlisda ayni paytda chet ellarda bo‘lib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar ichida olib kelish va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama qilindi.
«Komissiyaning bunday qarorga kelishidan ko‘zlagan birdan-bir maqsadi shuki, xalqimizning salomatligini saqlash, ular orasida yangi turdagi COVID-19 virusining tarqalishi oldini olishdir. Ishonamanki, bunday paytda har qanday orzu-havasdan shu aziz Vatanga bo‘lgan mehrimiz, bir-birimizga bo‘lgan samimiy muhabbatimiz ustun keladi. Sinovli kunlarda yanada hamjihat bo‘lsak, barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tamiz.
Sizlardan shunday paytlarda o‘zingizni va yaqinlaringiz sog‘ligiga befarq bo‘lmay, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlashingizni, gigiyena talablariga qat'iy rioya qilishingizni yana bir bor iltimos qilamiz», deya yozadi Bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021
JSST Yevro-2020 sababli Yevropada koronavirusning yangi to‘lqini yuz berishi muqarrarligini aytdi

18:24 / 02.07.2021