Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda yengil avtomobil gaz balloni portladi, qurbonlar bor
Avtomashina haydovchisi va old o‘rindiqda o‘tirgan 27 yoshli yo‘lovchi yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.
Bugun, 20 mart kuni "Nexia-3 Ravon" avtomobili Buxoro shahar A-380 yo‘lining 222-kilometrida harakatlanib kelayotgan vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz ballon portlagan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Portlash natijasida avtomobil orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan 50 yoshli ayol hodisa joyida halok bo‘lgan. Undan tashqari, 24 yoshli ayol va uch yoshli bola ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Avtomobil haydovchisi va old o‘rindiqda o‘tirgan 27 yoshli yo‘lovchi yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilishgan.
“Hozirda tergov-tezkor guruhi hodisa joyida ishlamoqda, portlash sabablari o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:24 / 10.06.2026
Balashixada yana bir general o‘ldirildi
09:11 / 10.06.2026
Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlashlar yuz berdi
17:18 / 08.06.2026