Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EPSILON (EDC): Zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.07.2019y. Qarorida belgilangan gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish, tabiiy gazni qazib chiqarish, qayta ishlash, yetkazib berish hamda uni sotish hisobini yuritish va nazorat etishni takomillashtirish – kompaniyaning ustuvor vazifalaridan bo‘lib hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda amerikalik mutaxassislar hamkorligida jadallik bilan tegishli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Kultak-Qamashi investitsiya blokida joylashgan Ayzavat qudug‘ida «Uralmash 3D» burg‘ulash uskunalarining ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Quduqda o‘rnatilgan generatorlarni boshqarish tizimi ishlab chiqarilayotgan energiyadan maksimal darajada samarali va oqilona foydalanish imkonini beradi. Burg‘ulash maydonida o‘rnatilgan, har biri 1200 kVT quvvatga ega, ishlab chiqarish quvvati yuqori bo‘lgan SAT3512 rusumli dizel-generatorlar quduqda burg‘ulash ishlarining uzluksiz olib borilishini ta'minlaydi.
Lebedka va nasos bloklari privodlarini modernizatsiya qilish maqsadida burg‘ulash maydonidagi dizel generatorlari, amerikada ishlab chiqarilgan yuqori samarali elektr motorlariga almashtirildi. Ishlab chiqarish jarayoni ham to‘liq avtomatlashtirilgan. Nasoslar va lebedkani nazorat etuvchi boshqarish paneli tezkorlikda masofadan turib boshqarish imkonini beradi. Shuningdek, aralashma tayyorlovchi blok ham modernizatsiya qilingan bo‘lib, bu esa endilikda aralashmani tayyorlashga ketadigan vaqt sarfi, unga qo‘shiladigan kimyoviy reagentlarning sifatini saqlab qolgan holda miqdorini kamayishiga olib keldi. Burg‘ulash uskunasini modernizatsiya qilish – iqtisodiy samaradorlikdan tashqari, uning faoliyatini ekologik jihatdan ham yaxshilanishiga olib kelib, chiqindi gazlarning atmosferaga tashlanmasi kamaytirildi.
Epsilon Development Company (EDC) Matbuot xizmati
Mavzuga oid
10:51 / 15.11.2022
EPSILON (EDC): Karakara-2 qudug‘i berayotgan kunlik gaz hajmi 100 ming kubmetrni tashkil etdi
16:12 / 27.10.2022
EPSILON (EDC): Ernazar-12 qudug‘idan kuniga 50 ming kubmetr hajmda gaz olinmoqda
20:50 / 21.10.2022
EPSILON (EDC): Devxona-4 qudug‘idan chiqarilayotgan kunlik gaz hajmi 60 ming kubmetrni tashkil etdi
11:37 / 05.10.2022