Qator viloyatlarda ham jamoat transporti harakati to‘xtatilmoqda
Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 22 martdan Toshkentda jamoat transportlariga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiq 23 martdan boshlab qator viloyatlarda ham turli shakllarda amal qila boshlaydi.

Dushanbadan boshlab yangi cheklovlar kiritilishi hozircha Xorazm, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida rasman e'lon qilindi.
Shuningdek, 24 martdan boshlab, viloyatlardan Toshkent shahriga va poytaxtdan viloyatlarga jamoat transporti qatnovlari to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.
Xorazm viloyati
23 martdan boshlab Xorazm viloyatida tumanlararo yo‘nalishlardagi avtobus va yo‘nalishli taksi qatnovlari harakati to‘xtatiladi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
«Urganch va Xiva shaharlarida avtobus qatnovlari 70 foizga qisqartirilgan holda amalga oshiriladi. Boshqa barcha tumanlardagi avtobus qatnovlari to‘xtatiladi.
Jamoat transporti o‘rniga vaqtincha viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi (SEOM) tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.
Har bir yo‘nalishsiz taksiga SEOM tomonidan dezinfeksiya qilingani xaqida ma'lumotnoma beriladi.
Shuningdek, barcha taksi egalaridan yo‘l haqini sun'iy ravishda oshirib yubormay, narxlarni mo‘'tadil saqlash so‘raladi», – deyiladi xabarda.
Qashqadaryo viloyati
23 martdan boshlab Qashqadaryo viloyati hududida ham mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha tashuvchilar tomonidan yo‘nalishli marshrutlar (avtobuslar, mikroavtobuslar, Damas)da qatnovlar vaqtincha to‘xtatiladi.
«Yo‘nalishsiz taksi haydovchilaridan transport vositasini dezinfeksiya qilib faoliyatga chiqishlarini, yo‘l kira narxini asossiz oshirib yubormaslik so‘raladi», – deyiladi Qashqadaryo viloyati Transport boshqarmasi xabarida.
Namangan viloyati
Viloyat hokimining farmoyishi bilan, 23 martdan boshlab, viloyat hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar «Damas» rusumli avtotransport vositalarining Namangan shahri hududida harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Farmoyishga asosan, shahar hududida avtobus, mikroavtobus va yo‘nalishsiz taksi transport vositalarini kunlik dezinfeksiya qilgan holda faoliyatga chiqishlari qat'iy belgilab qo‘yiladi.
Viloyatning tegishli tashkilotlariga jamoat transporti (avtobus, mikroavtobus) va yo‘nalishsiz taksilarni kunlik dezinfeksiya qilgan holda faoliyatga chiqishini ta'minlash vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, yo‘nalishsiz taksilarda yo‘l kira narxini asossiz ravishda oshirib yuborilmasligi, dezinfeksiya qilingan jamoat transporti (avtobus, mikroavtobus) va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari, avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashishga yo‘l qo‘yilmasligi ham qat'iy nazoratga olinadi.
Toshkentga va Toshkentdan avtobus qatnovlari cheklanishi kutilyapti
Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, 24 mart soat 00:01 dan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Saudiyaning $600 milliardlik kelishuvi, yaradorlarga to‘lgan G‘azo, sanksiyalar yechilayotgan Suriya va Pokistonga ultimatum – kun dayjesti
Jahon | 14:23
-
Bog‘otdagi hodisa: aslida nima bo‘lgan?
Jamiyat | 14:20
-
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
Iqtisodiyot | 14:10
-
Misr O‘zbekistonda tibbiyot sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi
O‘zbekiston | 14:05
Mavzuga oid

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

14:03 / 11.05.2025
Buxoro va Xorazmni bog‘lovchi yo‘lni chigirtkalar bosdi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

14:57 / 08.05.2025