Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantinga joylashtiriladiganlardan mobil telefonlar olib qo‘yiladi
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirishi oqibatida karantinga joylashtirilgan shaxslarning ayrim buyumlari vaqtincha olib qo‘yiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.
«Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qo‘yiladi.
Bunda vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar shaxs infeksiya yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va borgan joylarini aniqlash maqsadida o‘rganiladi.
Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlar shaxs davolash muassasasidan chiqayotgan vaqtda o‘ziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud vakillariga topshiriladi.
Vaqtinchalik olib qo‘yilgan buyumlarni saqlash (qo‘riqlash) tegishli davolash muassasasi tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalari bilan birgalikda tashkillashtiriladi», deyiladi koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026