Neft 100 yil ichida ilk bor ko‘mirdan arzonlashib ketdi
XX asr boshidan beri ilk bor neft jahon bozorida ko‘mirdan arzonlashib ketdi.
Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ekspertlarining ta'kidlashicha, neft energiya ekvivalenti hisobidan kelib chiqilsa, ayni vaqtda eng ko‘p sotiluvchi ko‘mirdan arzonroqqa baholanmoqda.
Misol uchun, Avstraliyaning “Nyukasl” turidagi ko‘mir 20 mart kuni ICE Futures Europe birjasida tonnasiga 66,85 dollar narxda sotilgan. Bu esa bir barrel neftning 27,36 dollar narxda sotilishiga teng. Shu kunidagi savdolar vaqtida Brent nefti narxi 26,98 dollarga tushib ketgan.
“Neftning qulashi endi ko‘mir eng qimmatbaho foydali qazilmaga aylanganini anglatadi”, deb ta'kidlab o‘tishgan mutaxassislar.
23 mart kunidagi savdolar vaqtida neft narxi yanada qulab, bir barreli 25,25 dollargacha tushib ketgan. Biroq aytish joiz, birozdan keyin neft narxi 26 dollargacha ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
14:36 / 13.11.2024
Imtiyozli narxlarda tarqatilishi lozim bo‘lgan ko‘mirni sotayotgan shaxslar ushlandi
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
12:08 / 27.09.2024
Xorazmda MChJ mas’ul shaxslari ijtimoiy soha obektlariga beriladigan ko‘mir uchun ajratilgan pullarni o‘zlashtirdi
07:55 / 10.07.2024