Manba: Benzin narxi arzonlashishi kutilmoqda
O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashi kutilyapti. Bu ma'lumotni Kun.uz muxbiri suhbatlashgan bir nechta manba tasdiqladi.

Hozircha yoqilg‘i narxi necha so‘mga arzonlashi ma'lum emas. Manbalardan biri taxminan 300 so‘mgacha arzonlashi mumkinligini bildirgan, ammo bu hali aniq emas. Narx qanchaga arzonlashi birja savdolari natijasiga bog‘liq bo‘lib turibdi.
Benzin narxidagi o‘zgarishlar ertaga rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Dizel va boshqa turdagi yoqilg‘ilar narxida o‘zgarish bo‘lish-bo‘lmasligi ma'lum emas.
Ma'lumot uchun, 2020 yilning yanvar-fevral oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan sezilarli ko‘paygan: 2019 yilning shu davrida 151,6 ming tonna, 2020 yilda esa 190,3 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham o‘sish kuzatilgan: 2019 yilning dastlabki ikki oyida 169,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 195,9 ming tonnani tashkil etgan.
«O‘zbekneftgaz» 1 martdan boshlab o‘z AYoQShlaridagi dizel yoqilg‘isining narxini 7500 so‘mdan 7300 so‘mga arzonlashtirgan.
Avvalroq karantin tufayli AYoQShlar yopilishi haqida tarqalgan gap-so‘zlarni birdaniga bir nechta tashkilot – Energetika vazirligi, «O‘zbekneftgaz», «O‘ztransgaz» va Toshkent shahar hokimligi rad etib chiqqan edi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sun’iy intellekt 2 ming yillik tarixiy o‘ramni virtual tarzda ochdi va o‘qidi
Fan-texnika | 21:41
-
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi
Jahon | 21:37
-
Moskva va Vashington Rossiya gazini Yevropaga yetkazib berishni tiklash variantini muhokama qilmoqda
Jahon | 21:34
-
Suv bosgan uylar va yo‘llar – Andijondagi toshqindan fotoreportaj
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi

21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025