«Shu soatgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bittaga oshib, 60 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infeksiya Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda aniqlangan. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun O‘zbekistonda virusdan zararlanganlar soni 10 kishiga ko‘paydi.

Bundan oldinroq, 26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatilishi haqida xabar berilgandi.