Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oksana Chusovitina Olimpiadada ishtirok etish uchun katta sportda yana bir mavsum qoladi
O‘zbekistonlik afsonaviy sportchi, 1992 yilgi Olimpiada g‘olibi 44 yoshli Oksana Chusovitina Tokio Olimpiadasi o‘tkazilishi 2021 yilga ko‘chirilishi munosabati bilan o‘zining ko‘p yillik faoliyatini yana bir mavsumga uzaytirishga qaror qildi.
“Men Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Olimpiadani boshqa muddatga ko‘chirish qarorini tushunaman, axir asosiysi – bu odamlar sog‘lig‘idir. Men Tokiodagi O‘yinlarda o‘z faoliyatimni yakunlamoqchi edim va o‘z rejamni o‘zgartirmoqchi emasman. Men ushbu Olimpiadada ishtirok etish uchun gimnastikada yana bir mavsum qolib, unga tayyorlanaman”, deb aytgan sportchi.
Ayni vaqtda Chusovitina karantin kiritilgani sababli Toshkentdagi mehmonxonada O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga qolmoqda. Sportchining ta'kidlashicha, mehmonxonada mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zal mavjud.
Afsonaviy sportchimiz Olimpiada litsenziyasini 2019 yil Shtutgartda o‘tgan jahon chempionati natijalariga ko‘ra qo‘lga kiritgandi. Tokiodagi Olimpiada sportchi uchun faoliyatidagi sakkizinchisi bo‘ladi. Chusovitina bu borada jahon rekordchisi hisoblanadi.
Chusovitina uch karra jahon va Yevropa chempioni hisoblanadi. Faoliyati davomida u sobiq ittifoq, Germaniya va O‘zbekiston milliy terma jamoalari safida ishtirok etgan. Nomdor sportchimiz 1992 yilgi Olimpiadada debyut qilgan va sobiq ittifoq davlatlarining birlashgan jamoasi safida oltin medalni qo‘lga kiritgan.
24 mart kuni XOQ joriy yilda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yozgi Olimpiadani koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga ko‘chirishga qaror qildi. Olimpiada o‘tkaziladigan yangi sana 4 hafta ichida ma'lum qilinadi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
10:34 / 13.03.2026
Oksana Chusovitina jahon kubogida finalga chiqdi
19:49 / 06.03.2026
Oksana Chusovitina Jahon kubogi finaliga chiqdi
23:00 / 22.02.2026