Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin millatga murojaat qildi: Rossiyada bir haftalik dam olish e'lon qilindi
Putin rossiyaliklarni dam olish haftasida «tartibli va mas'uliyatli bo‘lish»ga va uyda qolishga chaqirdi. U ta'til kasallik tarqalishi sur'atini pasaytirish uchun berilayotganini alohida qayd etdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus tarqalishi sababli kelayotgan haftani ish haqi saqlangan holda dam olish haftasi deb e'lon qildi.
«Hozirda kasallikning tezlik bilan tarqalishi xavfining oldini olish muhim. Shu bois kelayotgan haftani ish haqi saqlangan holda dam olish haftasi deb e'lon qilaman. Ya'ni dam olish kunlari 28 mart shanba kunidan 5 aprel yakshanba kunigacha davom etadi», — dedi Putin.
U shu bilan birga banklar, do‘konlar, tibbiyot muassasalari, dorixonalar, transport va davlat hokimiyati organlari o‘z ishini davom ettirishini ta'kidladi.
Putin rossiyaliklarni dam olish haftasida «tartibli va mas'uliyatli bo‘lish»ga va uyda qolishga chaqirdi. U ta'til kasallik tarqalishi sur'atini pasaytirish uchun berilayotganini alohida qayd etdi.
25 mart kuni Rossiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 163 ta holat aniqlandi, ulardan 120 tasi Moskvada qayd etildi. Ayni paytda Rossiyaning 85 ta regionidan 55 tasida COVID-19 bilan kasallanganlar aniqlangan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026