Imomali Rahmonning o‘g‘li senator bo‘ldi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li, poytaxt Dushanbe meri Rustam Imomali parlament oliy palatasi – Majlisi Milliy a'zosi etib saylandi.
Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar berdi.
Rustam Imomalining nomzodi shahar va poytaxt tumanlari xalq deputatlari majlislarining qo‘shma sessiyasida bir ovozdan qo‘llab-quvvatlangan. Bungacha u 2017 yil aprelida va 2020 yil mart oyida poytaxt majlisi deputati etib saylangan.
Shu tariqa Rustam Imomali bir vaqtda bir necha lavozimni – Dushanbe meri, poytaxt majlisi deputati, Tojikiston futbol federatsiyasi rahbari va endilikda senator lavozimini bajaradi.
Tojikistonda parlament yuqori palatasining 25 a'zosi mahalliy majlislar tomonidan saylanadi, yana 8 a'zosi Tojikiston prezidenti farmoni bilan tayinlanadi. Tojikistonning sobiq prezidentlari o‘z xohishlariga ko‘ra senatning umrbod a'zosi bo‘lishlari mumkin.
Aksariyat tojikistonlik siyosatshunoslarning prognozlariga ko‘ra, Rustam Imomali parlament oliy palatasi spikeri etib saylanadi. Shu tariqa, u Tojikistonda prezidentdan keyingi ikkinchi odamga aylanishi mumkin.
Tojikiston konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident iste'foga chiqsa, layoqatsiz deb topilsa yoki vafot etsa, yangi prezident saylanib, o‘z lavozimini bajarishga kirishguncha prezident vakolatlari oliy palata spikeriga o‘tadi.
Yuqoridagi holatlarda 3 oy ichida prezident saylovlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024