Karantin sababli kredit to‘lovlari muddati uzaytiriladi
Respublikadagi karantin tufayli amaldagi kredit to‘lovlarini to‘lash muddati hech qanday jarimasiz joriy yilning 1 oktabr sanasigacha uzaytiriladi. Bu haqida Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Abidovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan qarzdorlarning kredit to‘lovlarini kechiktirish yuzasidan kredit tashkilotlariga berilgan tegishli ko‘rsatmalar asosida mijozlarning kreditlarini restruktizatsiya qilish ishlari boshlandi.
Pandemiya iqtisodiyot tarmoqlarida, xususan, turizm, transport, logistika, va ularga bog‘liq bo‘lgan sohalardagi korxonalarning faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, pul oqimlari kamayishi kuzatilyapti. Holatdan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan ularning kredit qarzdorlik to‘lovlari muddatlarini hech qanaqa jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda joriy yilning 1 oktyabrigacha uzaytirish imkoniyati yaratildi.
Jismoniy shaxslar bo‘yicha ham qaror qabul qilingan. Karantin rejimi natijasida ishsiz qolganlar, moliyaviy holati keskin yomonlashgan mijozlarning kredit to‘lovlarini ham 1 oktyabrga qadar kechiktirish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu jarayon bank mijozlariga noqulaylik yaratmaydi. Ularning arizalari asosida banklar tomonidan qarorlar soddalashtirilgan tarzda va operativ qabul qilinadi», dedi Husanxo‘ja Abidov AOKA qoshidagi maxsus shtabda o‘tkazilgan brifingda.
Ma'lum qilinishicha, 26 mart holatiga ko‘ra, muddati uzaytirilishi belgilangan jami 5 trillion so‘m miqdoridagi kredit to‘lovlaridan tijorat banklari tomonidan 4668ta kredit shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish muddatlari qayta ko‘rib chiqilgan. Banklarning likvidligini ta'minlash yuzasidan Markaziy bank tomonidan doimiy monitoring olib borilmoqda.
Shuningdek, Markaziy bank mutasaddisi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida murojaatlarini masofaviy ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida bayonot berdi.
«Koronavirus tarqalishining oldini olish va ijtimoiy masofalanishni ta'minlash maqsadida banklar tomonidan kredit to‘lovlarni kechiktirish masalalari bo‘yicha murojaatlarni masofaviy ko‘rib chiqish tizimi qisqa muddat ichida yaratilmoqda.
Shu bilan birga, hududiy sanitariya-epidimiologik osoyishtalik markazlari tomonidan naqd pullar saqlanadigan pul omborlari va qayta sanash kassalari kuniga 1-2 marta dezinfeksiya qilinmoqda. Barcha bank kassalariga kelib tushgan pullarni kamida 1 hafta pul omborxonalarida alohida saqlash tizimi joriy etilgan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda

22:24 / 07.11.2022