Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalariga xotin-qizlarni qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida tanlovda iştirok etiş uçun tavsiyanomalar beriş va öqişga qabul qilişni taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Xotin-qizlarning respublika oliy ta'lim muassasalariga ajratilgan qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida tanlovda iştirok uçun tavsiyanomalar beriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, u xotin-qizlarning respublika oliy ta'lim muassasalariga ajratilgan qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida tanlovda iştirok uçun tavsiyanomalar beriş tartibini belgilaydi.
Respublika oliy ta'lim muassasalariga ajratilgan qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida oliy ma'lumot oliş istagida bölgan iqtidorli xotin-qizlarning tanlovda iştirok etiş uçun tavsiyanomalar quyidagi mezonlar asosida beriladi:
- kam ta'minlangan, doimiy daromadga ega bölmagan va tölov kontraktini tölaşga layoqatsiz bölgan oilalar;
- töliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni ota yoki onasi vafot etgan xotin-qizlar;
- 14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida yaşayotgan beva ayollarning (er) qizlari;
- otasi yoki onasi nogiron bölgan va kam ta'minlangan oilalar;
- oğir uy-joy şaroitlarida yaşayotgan va doimiy uy-joyiga ega bölmagan oilalar;
- ota-onalardan biri yoki har ikkisi işsiz bölgan kam ta'minlangan va iş qidiruvçi şaxs sifatida aholi bandligiga kömaklaşiş markazlarida hisobda turganlar;
- nogironligi bölgan farzandi bor oilalar;
- oliy ma'lumotli xotin-qizlar bilan qamrab oliş darajasi respublikaning örtaça körsatkiçlaridan bir neça baravar past bölgan tumanlar, şuningdek, olis va boriş qiyin hududlarda yaşovçi oilalar farzandlari uçun ularni öz hududida muayyan muddat işlaş şarti bilan.
Xotin-qizlarning respublika oliy ta'lim muassasalariga ajratilgan qöşimça davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari doirasida tanlovda iştirok etiş uçun tavsiyanoma şaklga muvofiq beriladi.
Tavsiyanomalar blanklari qat'iy hisobda turuvçi hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega bölgan, “Davlat belgisi” davlat-işlab çiqariş birlaşmasida tayyorlanadi.

















