Özbekiston elçisi Nodirjon Turğunov Islom taraqqiyot bankining (ITB) Loyihalaştiriş masalalari departamenti boş direktori Anas Aysam bilan uçraşuv ötkazgan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, uçraşuvda Özbekiston va Islom taraqqiyot banki örtasida hamkorlik aloqalarini yanada jadallaştiriş, mamlakatda işlab çiqilayotgan yirik loyihalarni imtiyozli moliyalaştiriş, xotin-qizlar va yoşlarni qöllab quvvatlaş hamda texnik-gumanitar yordamlarni jalb qiliş masalalari muhokama qilingan.

Anas Aysam sönggi yillarda Özbekistonda kuzatilayotgan özgarişlar dunyo mamlakatlari tomonidan katta qiziqiş bilan kuzatib borilayotganini aytib ötgan. Özbekiston va Islom taraqqiyot banki hamkorligi böyiça 2018-2022 yillarga möljallangan strategiya muvaffaqiyatli amalga oşirilgani inobatga olinib, 2022-2026 yillar uçun ana şunday strategiya işlab çiqilgani ma’lum qilingan.

Tomonlar istiqbolda transport, logistika, ta’lim, qişloq xöjaligi, suv, atrof-muhit, çorvaçilik, obod qişloq va boşqa yönalişlardagi loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlari böyiça fikr almaşgan. Şuningdek, Özbekistonda xotin-qizlar va yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan muhim dasturlarda Islom taraqqiyot banki iştirokini kengaytiriş istiqbollari körib çiqilgan. 

Uçraşuv yakunida mazkur bank tomonida amalga oşirilayotgan loyilar ijrosini doimiy tarzda monitoring qilib boriş va istiqboldagi qöşma loyihalarni muhokama qiliş uçun bank vakillarining Özbekistonga amaliy safarini taşkil etiş töğrisida kelişib olingan.