Koronavirus: Dunyo mamlakatlari ko‘chalar va uylarni qanday dezinfeksiya qilmoqda?

Foto: Reuters
Bugungi kunda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘chalar va jamoat joylari dezinfeksiya qilinyapti. Ko‘plab shaharlarda maxsus brigadalar buning uchun xlor ohagi va suv aralashmasidan foydalanishyapti. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lum qilishicha, bu kabi aralashmalarning sepilishi burun, ko‘z, og‘iz shilliq qavatiga zarar keltiradi.
Xlor ohagi koronavirusga qarshi kurashda haqiqatan ham samarali va yuzalarni samarali tozalaydi. Biroq xlor inson shilliq qavatlariga zarar yetkazishi, terini kuydirishi mumkin. Aynan shuning uchun dezinfeksiya o‘tkazish vaqtida maxsus kiyimda bo‘lish, kimyoviy vositalar bilan ishlash qoidalariga rioya etish kerak. Biroq dezinfeksiyadan keyin shaxsiy himoya vositalarisiz yuzalarni ushlash mumkin emas. Xonalar dezinfeksiya qilinayotganda ham u yerdan chiqib turish kerak. Xlor bilan dezinfeksiya qilinganidan keyin barcha yuzalarni oddiy suv bilan yuviladi. Shundan keyin ularga qo‘l bilan tegish mumkin.

Xitoyda jumladan uning Shanxay, Pekin va Uhan shaharlarida ko‘chalar va jamoat joylarini dezinfeksiya qilishga sanitar brigadalari jalb etilgan. Xlorli ohak va suv aralashmasi to‘ldirilgan yuk mashinalaridan tashqari mustaqil harakatlanadigan skuterlarda himoya niqobini taqqan ishchilar dezinfeksiya ishlarini amalga oshiradi. Xitoydagi epidemiya tarqalgan ilk kunlardayoq ommaviy axborot vositalarida havoni dezinfeksiya qiluvchi vositalarning sepilishi haqida xabar berilgandi. Ko‘plab suratlarda maxsus brigadalar ballonlardagi dezinfeksiya vositalarini sepishganini ko‘rish mumkin.

Janubiy Koreyada yangi koronavirus qayd etilgan bemorlar orasidagi o‘lim holatlari dunyodagi eng past ko‘rsatkichni (9478 holatga 144 o‘limm) tashkil etmoqda. Ekspertlar aholini ommaviy testdan o‘tkazish, fuqarolarning karantin talablariga rioya etishi, shuningdek, ommaviy joylar va shahar ko‘chalarining dezinfeksiya qilinishi CoVID-19 bilan samarali kurashishga hissa qo‘shayotganini aytishmoqda.

Foto: Stefano Mazzola/Awakening via Getty Images
Koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekkan va bugungi kunda uning episentriga aylangan Italiyada o‘lim ko‘rsatkichi 7 yoki hatto 8 foizni tashkil etmoqda. Hozirda mamlakatda qat'iy karantin talablari joriy etilgan va oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish uchun do‘kon hamda dorixonaga chiqish kabi sabablar bo‘lmasa, ko‘chaga chiqish taqiqlangan. Italiyada dezinfeksiya ishlari muntazam olib borilmoqda. Jamoat transporti, savdo markazlari, restoranlar, fitnes-klub va boshqa jamoat muassasalari faoliyati to‘xtatilgan.

Foto: Reuters
Eronda koronavirusdan zararlanish holatlari 35 mingdan ortiq. Ko‘p vaqt davomida zararlanganlar soni bo‘yicha Eron Italiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turgan edi. So‘nggi kunlarda AQSh, Ispaniya va Germaniyada kasallanganlar sonida keskin o‘sish kuzatildi va Eron ortda qoldirildi. Bunga birinchi navbatda karantin choralari joriy etilgani, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlanishi, odamlar ko‘p to‘planadigan joylar, jumladan, masjidlarning ham dezinfeksiya qilinishi katta hissa qo‘shdi. Qayd etish lozimki, Eron dezinfeksiyaga mas'uliyat bilan yondashmoqda. Ayrim kadrlarda maxsus brigadalar hatto avtomobillarga ham dezinfeksiya aralashmalarini sepishayotganini ko‘rish mumkin.
28 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 100dan oshdi, ikki kishi vafot etgan.
28 martdan Qurolli quchlar bosh shtabi radiatsion, kimyoviy va biologik muhofaza qo‘shinlari hamda Mudofaa vazirligi Sanitariya-epedimiologiya nazorat markazi hamkorligida taktik o‘quv mashg‘uloti boshlandi. Erta tongdan boshlangan maxsus o‘quvda yurt himoyachilari 10dan ortiq maxsus texnikalar, kerakli uskunalar bilan Toshkentdagi jamoat joylarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirdi. Ta'kidlash kerakki, gepoxlorid natriy, Javil-D kabi dori vositalar aralashmasidan tayyorlangan suyuqlik barcha zararli viruslarni yo‘q qiladi. Shu bois yurt himoyachilari ushbu aralashmadan keng foydalanmoqda.
Biz esa yangi koronavirusga qarshi kurashishda o‘z-o‘zini izolyatsiyalash, qo‘llarni sovun bilan muntazam yuvish va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining barcha tavsiyalariga amal qilish eng samarali choralar sanalishini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Yodingizda bo‘lsin, ko‘chalar va ommaviy binolarni dezinfeksiya qilish vositalarini uy sharoitida qo‘llab bo‘lmaydi. Eshik tutqichlari va boshqa yuzalarni antiseptik spirt aralashmasi bilan artish kerak. Sog‘ bo‘ling va ko‘chaga imkoni boricha kamroq chiqishga harakat qiling.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

09:19 / 09.06.2024
SSV yoz faslida salomatlikni saqlashning 7 muhim qoidasini eslatdi

23:29 / 03.07.2021