Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShni tibbiy terrorizmda aybladi
26 mart kuni sakkiz davlat BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni ayrim mamlakatlardan koronavirusga qarshi kurashda xalal berayotgan sanksiyalarni olib tashlashni talab qilishga chaqirgandi.
Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQShni koronavirus pandemiyasi sharoitida sanksiyalar siyosatini davom ettirayotgani uchun tibbiy terrorizmda aybladi. Bu haqda «Kommersant'» yozmoqda.
Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Eronga nisbatan «tibbiy va iqtisodiy terrorizm»ni amalga oshirmoqda. U xususan, Vashingtonning maqsadi mamlakatga o‘z samolyot parkidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik va koronavirusga qarshi kurashishga xalaqit berish ekanligini aytdi.
Zarif bunday harakatlar insoniyatga qarshi jinoyat ekanligini bildirdi.
26 mart kuni Rossiya, Xitoy, Eron, Kuba, Suriya, Nikaragua, Venesuela va KXDR BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni ayrim mamlakatlardan koronavirusga qarshi kurashda xalal berayotgan sanksiyalarni olib tashlashni talab qilishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
10:17
Tehrondagi dafn marosimi: Xominaiyning uch o‘g‘li ko‘rinish berdi
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026