«Har qanday vaziyatda ham tibbiyot xodimlarining kasallanish ehtimoli saqlanib qoladi» – Nurmat Otabekov
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlarga xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlarining kasallikni yuqtirib olishi ehtimoli yuqori ekanini qayd etib o‘tdi. U bunday bo‘lmasligi uchun ular himoya kiyimlarida faoliyat yuritishlari, dezinfeksion va epidemiyaga qarshi kurash tadbirlariga qat'iy rioya etishi zarurligini ta'kidladi.

«Koronavirus infeksiyasi – shifoxona sharoitida yuqishi mumkin bo‘lgan kasallik. Ko‘p davlatlarda mazkur kasallikning shifoxona sharoitida yuqqanini tasdiqlovchi holat bor. Demak, bunday joyda ishlamoqchi bo‘lgan tibbiyot xodimlari har biri o‘zini kasallikdan himoya qilishga erishishlari shart. Qachonki, dezinfeksion va epidemiyaga qarshi barcha ko‘rsatmalar bajarilsa, shifoxona ichidagi shifoxona ichida kasallanib qolishning oldini olish uchun infeksion nazorat komissiyalari jiddiy ishlaydigan bo‘lsa, bu kabi kasallanishlar oldi olinadi. Lekin har qanday vaziyatda ham tibbiyot xodimlarining kasallanish ehtimoli saqlanib qoladi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mutaxassis Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida xorijdan charter reyslar orqali olib kelinayotgan fuqarolarni karantinda saqlash, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarni davolash uchun qurilayotgan maxsus shifoxonalarga kimlar ishga taklif etilayotganiga ham oydinlik kiritdi.
«Yangi tashkil etilayotgan shifoxonalarda ishlash uchun asosan yuqumli kasalliklar shifokorlari, virusolog, pulmonolog, reanimatolog, pediatr kabi mutaxassislar va o‘rta tibbiyot xodimlari taklif etilyapti.
Deylik, karantin davrida kimgadir tug‘ruq borasida yordam kerak bo‘lib qolar, kimdir birorta jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lib qolishi mumkin. Bunday holatda boshqa soha mutaxassislari ham maxsus shifoxonalarga jalb qilinishi mumkin. Shuning uchun karantindagilarning barcha turdagi tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishimiz kerak bo‘ladi», deydi Nurmat Otabekov.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

16:06 / 07.06.2024