Boylarga murojaat

Sinovlar ikki turga bo‘linadi: kishi boshiga tushadigan sinovlar, xalqlar boshiga keladigan sinovlar.
Xalq boshiga tushadigan ba'zi sinov shunday sinovki, bunda yakka kishining omonligi xalqning omonligi bilan yaqqol bog‘lanib qoladi. Ya'ni, oddiy holatda «men salomatman, ishlarim yaxshi, shunisi men uchun yetarli» deydigan kishi, ommaviy sinov kelganda, nogahon bunday deya olmay qoladi. Chunki, qarasa, xalqi omonlikda bo‘lmasa, u o‘zi va oilasi salomat bo‘lolmas ekan.
Ana shunda har bir kishi kimsasiz orolda emas, balki jamiyatda, yagona tana ichida yashayotganini o‘zi uchun kashf etadi... «Xalq «cho‘ksa», men ham cho‘kar ekanman» degan, avval anglanilmagan haqiqat... «yalt» etib ongini yorishtiradi.

Bu – katta sinov kelgandagina «yalt» etadigan haqiqat – qay vaznga ega? Aftidan, katta vaznga ega. Bu haqiqatni odamlarga eslatish uchun nimalar yuz berishi mumkinligini shu tobda... ko‘rib turibmiz... Mana shu bizga isbot.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Yon qo‘shnisi ochligini bilaturib, to‘q uxlagan kimsa menga iymon keltirmabdi».
Rivoyatda kelgan og‘ir ma'noga ko‘zlarimizni katta ochib, yana bir nazar tashlaylik: «Yon qo‘shnisi ochligini bilaturib, to‘q uxlagan kimsa menga iymon keltirmabdi...»
Endi holimizga qaraymiz...
Borliqni yaratgan Zot bizga O‘z ta'limotida asl jamiyat qanday bo‘lishini, asl jamiyat a'zosi... qo‘shnisi och bo‘lsa, tinch uxlolmasligini bildirib, haqiqiy jamiyat qanday tamoyillar ustiga qurilishini bildirdi... Ana shunday tamoyillarga qurilgan jamiyat – muvaffaqiyatli jamiyat. Biz... qanday jamiyatmiz? Qaysi tamoyillarga qurilgan jamiyatmiz?
Asl jamiyatni qurish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar – instruksiyalar kitoblarda qolib ketdi. «O‘zim, oilam omon bo‘lsa bo‘ldi, ostonamdan naryog‘i mening uyim emas» degan dunyoqarash... dunyoqarashimizga aylandi. Holbuki...
Alloh taolo o‘z elchisi vositasida bir haqiqatga ishora etyapti – ruhlar o‘zaro ma'nan mushtarakdir – insonlar o‘zaro bir-birining holini his etmay qo‘ysa, qalblarni mog‘or bosadi. Mog‘or bosgan qalb esa – Koinot miqyosidagi fojia. Shuning uchun mog‘or bosgan qalblarni uyg‘otish uchun... buyuk sinovlar keladi.
Moddiy imkoniyati borlarga murojaat:
Mana shu kunlarda atrofingizga nazar tashlang, balki kimdir aynan Sizning yordamingizga muhtoj bo‘lib turgandir. Balki aynan Sizning qo‘lingizga berilgan moddiy imkoniyatning bir qismi o‘sha insonlarga atalgan-u, Siz esa shu tobda sinalyapsiz...
Yetti osmon ustida martabangiz o‘lchanyapti.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bo‘stonliqda ziplayn uchgan fuqaro to‘siqqa urildi
O‘zbekiston | 19:33
-
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi
Jahon | 19:05
-
Pepsi va Lipton Ice Tea xalqaro Brand Awards International 2024 mukofotiga sazovor bo‘lishdi
O‘zbekiston | 19:00
-
Samarqandda ayol 7 oylik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketdi
O‘zbekiston | 18:54
Mavzuga oid

00:12
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021
Buxoro viloyati hokimi koronavirusga chalindi

23:49 / 02.07.2021