Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyaning ba'zi aholisida koronavirusga qarshi immunitet aniqlandi
Italiyaning Ferrara shahri va uning atrofidagi hududlarda koronavirusga qarshi immunitet borligi aniqlandi.
La Nuova Ferrara nashrining yozishicha, hududda kasallanganlar soni juda kam. Xususan, Emiliya-Romanya hududida 14 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Ferrarada atigi 307 nafarni tashkil qiladi.
Fuqaro mudofaasi xizmati komissari Serjo Venturi bu ma'lumotlarni tasdiqlagan holda, Ferrara aholisi qandaydir sababga ko‘ra, koronavirusga qarshilik qilayotganini aytdi.
«Avvallari bu hududda bezgak tarqalgan, odamlarda unga qarshi immunitet bor. Balki shu sababdan ham koronavirus yuqtirib olganlar soni kam bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, irsiyatga bog‘liq bo‘lgan talessemiya kasalligiga ham bog‘liqdir», — dedi Venturi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) ma'lumotiga ko‘ra, Italiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 105 mingdan ortiqni, vafot etganlar soni 12 mingni, sog‘ayib ketganlar soni 15 mingni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026