Moliya vazirligi alohida texnik xodimlari karantinga olindi
Moliya vazirligi alohida texnik xodimlarining koronavirus test natijalari shubha tug‘dirdi va ular keyingi tekshiruvlar uchun klinik karantinga olindi.

Foto: Mapio.net
Vazirlik ustuvor davlat dasturlarini moliyalashtirish va budjet tizimi xodimlariga ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash choralarini ta'minlash bo‘yicha uzluksiz faoliyatini davom ettirmoqda.
Ushbu muhim vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, jamoa ishni onlayn shaklda tashkil qilish hamda xodimlarni o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishi yuzasidan qaror qildi.
Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, vazirlik jamoasi shifokorlar nazorati ostida quyidagi tartibda faoliyat olib boradi:
1. Vazir va vazir o‘rinbosarlari boshchiligidagi rahbariyat, asosiy bo‘limlarning boshliqlari va alohida xodimlari avvalgidek, vazirlik binosida ish olib boradi.
2. G‘aznachilik ham hisobvaraqlar bo‘yicha barcha xizmatlarni taqdim etgan holda o‘z faoliyatini davom ettiradi. Buning uchun tegishli xodimlar jalb qilinadi va ular alohida binoda mustaqil ishlaydi.
3. Qolgan xodimlar masofadan ishlashni davom ettiradi.
Ish haqi va nafaqalar ajratilishi to‘xtamaydi, shuningdek vazirlikka yuklatilgan barcha vazifalar va funksiyalar belgilangan tartibda bajariladi. Viloyat, tuman, shahar moliya va g‘aznachilik bo‘limlari o‘z faoliyatini odatdagidek davom ettiradi.
Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin tadbirlari davrida xodimlar, barcha tashrif buyuruvchilar va ularning oila a'zolari xavfsizligini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida masofaviy ishlash tartibini joriy qilingandi. Shunga muvofiq, xodimlarning 40 foizdan ortig‘i, shu jumladan maktabgacha va boshlang‘ich sinflar yoshidagi farzandli xodimlar mehnat ta'tiliga chiqarildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokistonga zarba berishni to‘xtatdi – Modi
Jahon | 20:54
-
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 20:51
-
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi
O‘zbekiston | 20:40
-
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Sport | 20:37
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi

21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

00:22 / 26.11.2022